Usmon Nosir OShP binosida ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputat J.Mamadaliyev hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida Bo‘ston mahallasi hududida joylashgan Usmon Nosir oilaviy shifokorlik punkti (OShP) binosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmaganligi aniqlandi. Jumladan, bino suv ta’minoti tarmog‘iga ulanmagan, issiqlik tizimi ishga tushirilmagan. Shuningdek, butun bino uchun atigi bitta isitish pechi o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bino muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tushirish hamda tibbiyot muassasasida xodimlar va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi.