✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 9-saylov okrugi deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅Mahallada 99 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati mahalla faollari tomonidan individual ravishda o‘rganib borilmoqda.
✅O‘rganish davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✅Asosiy e’tibor har bir oilaning muammolarini aniqlash, ularni hal etish va fuqarolarning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilmoqda.