INKLYUZIV TA’LIM HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🎓 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala — tumanda inklyuziv ta’limni tashkil etish holatini o‘rganish doirasida Galatut mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🌐 O‘rganish davomida inklyuziv ta’limni tashkil etish holati, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning ta’lim olish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishdan maqsad — tumanda inklyuziv ta’limni tashkil etishdagi mavjud holatni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni shakllantirishdan iborat.
👍 O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Inklyuziv ta’lim — har bir bolaning ta’lim olish huquqi va teng imkoniyatlar kafolati!