Yangiliklar

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

KAMBAGʻAL OILALAR HOLATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR KOʻRSATILISHI DEPUTAT NAZORATIDA 🏛📊
Oʻrganish manzili va ijrosi:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Zafarbek Davlatov oʻzi saylangan okrugda uyma-uy va xonadonma-xonadon yurish tadbirlarini oʻtkazdi.
Asosiy eʼtibor berilgan masalalar:
Yashash sharoitlari: Okrugdagi kambagʻal oilalarning bugungi turmush va maishiy sharoitlari atroflicha oʻrganildi.
Ijtimoiy xizmatlar: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼul xodimlari tomonidan ushbu xonadonlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasi va koʻlamiga baho berildi.
Natija: Oʻrganishlar davomida aniqlangan masalalar va fuqarolar ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy yordam koʻlamini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.