Kotibiyat va deputatlar hamkorligi — ish yuritish samaradorligi yo‘lida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Mahmud Saidov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi V.Ruziyev ishtirokida yig‘majildlarni yuritish va hujjatlarni tartibli rasmiylashtirish masalalari yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi.
📌 Muloqot davomida yig‘majildlarni belgilangan tartibda shakllantirish, hujjatlarni tizimlashtirish, zarur ma’lumotlarni to‘liq jamlash hamda ularning saqlanishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
👍 Shuningdek, deputatlar va kotibiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ish yuritish jarayonida yagona tartib va talablar asosida faoliyat olib borish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Maqsad — Kengash faoliyatida hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, ish yuritish tartibini takomillashtirish va deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan samarali qo‘llab-quvvatlash.