Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova tomonidan biriktirilgan tashkilot — tuman Mudofaa bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
📌O'rganish davomida bo‘limning faoliyat yo‘nalishlari, belgilangan vazifalarning ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mudofaa sohasiga oid masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
✅ Shuningdek, tashkilot faoliyatida mavjud masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish, hamkorlikni yanada kuchaytirish va deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi muntazam hamkorlik hududdagi masalalarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.