Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar uchun savollar tuzildi

 Deputatlar uchun savollar tuzildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori talablarining hududdagi ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirilib, deputatlar uchun tegishli savollar tuzildi.

✅Savollar orqali davlat tashkilotlarida elektron hukumat tizimlaridan foydalanish, axborot tizimlarining Yagona reyestrga kiritilganligi, elektron xizmatlarning holati, idoralararo elektron hamkorlik, axborot xavfsizligi hamda mavjud tizimlarning samaradorligi o‘rganiladi.

✅ Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

📍 Deputatlik o‘rganishi — qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.