Yangiliklar

DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich Bek-To‘pi mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng hududdagi obodonchilik ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etdi.
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev hamda tuman mas’ullari bilan birgalikda mahalla hududi aylanib chiqildi. Jarayonda bolalar va sport maydonchalarining holatiga, ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining shayligiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🤝 Deputatning hududdagi o‘rganishlarda ishtirok etishi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini kuzatib borish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8