Yangiliklar

“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Sh.Kurbonsaidova tomonidan “Turkmanlar” mahallasida joylashgan “Ulli hovli” turistik majmuasida aholi va turistlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida turistik majmuada tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, hududning obodonlashtirilishi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, texnika xavfsizligi masalalari muhokama qilinib, aholi va turistlarning xavfsizligini ta’minlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarning oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3