Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Okrugdagi o‘rganishlar.

🔸Jizzax shahrida aholi farovonligini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Kun tartibidagi ushbu muhim vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida joylarda deputatlar, mutaxassislar va mahalla mas‘ullari hamkorligida doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔸20-“Zargarlik” saylov okrugiga biriktirilgan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda “Zargarlik” MFY hokim yordamchisi Sh.Fozilov ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat atroflicha tahlil qilindi.

🔸O‘rganishlar davomida asosiy e‘tibor aholi bandligini ta‘minlash va oilalar daromadini oshirish masalalariga qaratildi. Hududning mavjud imkoniyatlari va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda, ishsiz fuqarolarni mehnat bozoriga jalb etish choralari muhokama qilindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 2