#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Qonunlar_ijrosi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 22-Zartepa saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri M.Yarmatov o'ziga biriktirilgan tumandagi Qishloq xo‘jaligi bo‘limida bo‘lib, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi hamda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlari ijrosini belgilangan savolnomalar asosida o‘rgandi.
⚫️Tashrif davomida xalq vakili O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi hamda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlari ijrosini belgilangan savolnomalar asosida atroflicha o‘rgandi.
⚫️Ushbu amaliy sa’y-harakatlar tumanimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yer egalarining qonuniy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
⚫️Sohadagi mavjud kamchilik va muammolarni bevosita joyida aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
⚫️Xalqimiz farovonligi hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni tizimli ta’minlash yo‘lidagi bunday doimiy e’tibor doimiy ravishda xalq vakillari nazoratida bo'ladi.