MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
2-Obod saylov okrugi deputati R. Nazarova tomonidan hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, sinfxonalarning mavsumga tayyorgarligi, elektr va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.