O‘rganish davomida o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun yaratilgan sport bilan shug‘ullanish sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni aniqlashga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda sport inshootlari va jihozlari holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Aholi va yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi qulay sport sharoitlarini yaratish masalasi deputatlik nazoratida.