Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G‘. Ismoilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (265-I-son, 1996-yil 29-avgust) ijrosi yuzasidan Xazorasp tumani Pichoqchi mahallasidagi 38-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, aholining malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari hamda qonun talablarining amalda bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.