Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🔎 Shu doirada Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-20-21-13-215-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq masala Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida masalaning amaliy jihatlari, tegishli ma’lumotlar va hujjatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 O‘rganish yakunlari asosida tegishli ma’lumotlarni umumlashtirib, Kengash raisi hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etish belgilandi.