Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

VATANPARVARLIK — YUKSAK QADRIYAT

#yoshlar_maslahat_guruhi
#faoliyati

VATANPARVARLIK — YUKSAK QADRIYAT

Paxtakor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari tuman kengashining Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan hamkorlikda yoshlarning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar bilan Vatan tinchligi, davlat ramzlariga hurmat, ajdodlar merosi va yurt kelajagi haqida suhbat olib borildi.

Shuningdek, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vatanparvar avlod — yurtimizning munosib kelajagi!

Slide 1 of 5