Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Hayot xavfsizligi faoliyati o‘quv markazi infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv markazining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud infratuzilma, bino va xonalarning mavsumiy sharoitlarga tayyorligi hamda ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markaz hududida mavsumni betalofat va barqaror o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida kuz-qish mavsumini qulay va xavfsiz sharoitda o‘tkazish, o‘quv jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish masalalari belgilab olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi