Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Otabek Tursunov, tegishli mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirokida “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud maishiy bino-inshootini buzib, uning o‘rnida “O‘quv binosi”ni qurish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.

🏗 Loyihaga ko‘ra, hududda zamonaviy o‘quv binosi barpo etish, uning atrofini obodonlashtirish hamda aholi, xususan, yoshlar uchun qulay ta’lim olish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

📝 Nazorat-tahlil tadbiri davomida qurilish loyihasining belgilangan talablarga muvofiqligi, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, hududni obodonlashtirish hamda xavfsizlik talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Tadbir yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish, loyiha hujjatlarining to‘liqligini ta’minlash hamda obyekt qurilishi jarayonini doimiy nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5