Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi

Aholiga qulay va obod muhit yaratish, hududlardagi mavjud maydonlarning tozaligi hamda saqlanish holatini yaxshilash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, hududdagi bolalar maydonining holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida maydonning tozaligi, obodonlashtirilganlik darajasi, sanitariya holati hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maydon hududida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, uni tartibli va foydalanish uchun qulay holatda saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 13-bandi — hududdagi maydonlar tozaligi va obodonlashtirilganlik holatini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, maydonni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash hamda bolalar uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — hududlardagi mavjud sharoitlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan.