Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🛒 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — SIFAT VA XAVFSIZLIK NAZORATDA

📌 OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova Qumyop mahallasida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat do‘konida bo‘lib, aholiga sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi holatini o‘rgandi.
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati;
🔹 mahsulotlarning saqlash sharoitlari;
🔹 mahsulotlarning iste’mol uchun xavfsizligi;
🔹 savdo jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.
🎯 MAQSAD:
Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda savdo obyektlarida qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash.
📖 HUQUQIY ASOS:
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-1023-son, 2025-yil 3-fevral.