📍 Ipakchi mahallasida
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda Ipakchi mahallasi xotin-qizlar faoli hamkorligida mahallada yashovchi fuqarolarning holati xonadonbay o‘rganildi.
🔹 O‘rganishlar davomida xonadonlardagi ijtimoiy-maishiy sharoitlar, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlari, xotin-qizlarning muammolari hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ehtiyojmand oilalarni tegishli ko‘mak choralariga yo‘naltirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
🤝 Maqsad — har bir xonadondagi muammoni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish.
Xalq bilan muloqot — muammolarni hal etishning eng samarali yo‘lidir!