Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘rganish

#Oʻrganish

22-saylov okrugi deputati S. Shavkatovga biriktirilgan kotibiyat mudiri G. Tursunova tomonidan deputat hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

✅Murojaatda ko‘rsatilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganilib, hududdagi jamoat transporti qatnovining mavjud holati hamda aholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji tahlil qilindi.

✅Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish, hududda jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 7