Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Rayhon” MFY, A.T. Xuqandiy mavzesi, 89-uy, 15-xonadonda yashovchi II-guruh nogironi Ne’matjonova Ma’murahonga bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Ne’matjonova Ma’murahonga bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, uning salomatligi bilan bog‘liq holatdan kelib chiqib, belgilangan tartibda qanday choralar ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan batafsil ma’lumot va asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi nazorat qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2