Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Sodiqova ishtirokida aholi va mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, fuqarolarning bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi. 

Slide 1 of 2