Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI

O‘rganish davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, yetarliligi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

️ O‘rganish davomida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-son Qonun hamda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-son Qonun talablari asosida iste’molchilar huquqlari, mahsulot sifati va xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni davom ettirish belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2