Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova tashabbusi bilan “Astrobod” mahallasi hududidagi Sharqshunoslik litseyi talabalari ishtirokida Tuman axborot-kutubxonasida “Odob – inson ko‘rki, ma’naviyat – millat boyligi” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi bosh mutaxassisi Husniya Samsakova, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, professor Sharifa Mirzayeva, Sharqshunoslik litseyi talabalari, mahalla yoshlari hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.

✅Uchrashuv davomida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, hayotiy tajriba, ilm-ma’rifat, odob-axloq va erishilgan yutuqlar haqida fikr almashildi.

💬Ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbirda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va ezgu maqsadlar sari intilish ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3