📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutahassis Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
📝 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori bilan belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi, hududni kompleks rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish holati tahlil qilindi.
🔎 Ishsiz va ish izlayotgan fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish, subsidiya va boshqa bandlik dasturlaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholining mehnat faolligini oshirish hamda bandlikni ta’minlash borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni hal etish hamda aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!