«Kunchiqish» mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi «Kunchiqish» mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘rganish davomida xonadonlar va ko‘chalardagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning muammolari, takliflari va murojaatlari bevosita tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar deputatning «Murojaatlar daftari»ga qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash, tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish hamda muammolarni joyida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Aholi bilan muloqot davomida mahallani yanada obod qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolarning qonuniy murojaatlarini hal etishga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, murojaatlarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram