Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰DEPUTAT TASHABBUSI.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova tashabbusi va aralashuvi bilan “Madaniyat” MFY hududidagi navbatdagi muammo ijobiy hal etildi.

🔸Mahallaning “Sayxun” ko‘chasida ichimlik suvi quvuri yorilib ketganligi oqibatida isrofchilik va aholiga noqulayliklar yuzaga kelgan edi. Deputatning masalaga tezkor aralashishi va tuman suv ta‘minoti korxonasiga qilgan murojaatidan so‘ng, suv oqova xodimlari zudlik bilan hududga yetib kelishdi.

🔸Maxsus ishchi guruh tomonidan olib borilgan tezkor ta‘mirlash ishlari natijasida suv quvuridagi avariya qisqa muddatda to‘liq bartaraf etildi. Hududda ichimlik suvi ta‘minoti qayta tiklandi.