Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati, “Sharlauq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jasurbek Matyakubovich Quryazov tumandagi mahallalar yettiligi aʼzolari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarida ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida faol qatnashib, yuqori natijalarga erishgan mahallalar yettiligi aʼzolari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bunday sport tadbirlari mahalla xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3