Bugun, 2-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon shahar hokimi Mirshakar To‘raboyevning Kogon shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Har bir murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning natijadorligi va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olindi.
Deputat faoliyatiga mas'ul bosh mutaxassis Z.Temirova.