📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov «Parvoz» mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.
❗️Uchrashuvda mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni birgalikda aniqlash, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilash va zarur hollarda deputatlik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashildi.