Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bog‘ishamol mahallasida yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov, shahar Kengashi deputati Sh.Allamuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Bog‘ishamol” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Slide 1 of 1