Mahallalarda aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov, shahar Kengashi deputati Sh.Allamuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Abdurahmon Jomiy” mahallasida mahalla boshqaruvi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.