Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R. Meliqo‘ziev tomonidan Chilgi-Jiyda MFY hududidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ish jarayoni o‘rganildi.

Xususan, muassasadagi hamshiraning faoliyati, tarbiyalanuvchilar salomatligini nazorat qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida: tashkilotda jami 29 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Shundan 19 nafari pedagog xodim, 10 nafari texnik xodim hisoblanadi.
19 nafar pedagog xodimning:
10 nafari — oliy ma’lumotli;
1 nafari — oliy toifali;
1 nafari — ikkinchi toifali;
2 nafari — tugallanmagan oliy ma’lumotli;
7 nafari — o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog xodimlardan iborat.

O‘rganish davomida xodimlarning kasbiy faoliyati, vazifalarini bajarishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli ta’lim-tarbiya va munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1