Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Davra suhbati o‘tkazildi

Zomin tibbiyot texnikumida ekologiyaga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman Kengashi raisi Y.Safarov, Zomin milliy tabiat bog‘i mutaxassisi O.Tovboyeva, texnikum talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va ekoturizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashdilar.

Slide 1 of 3