Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
🤝 Tashrif davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi.
📌 Asosiy e’tibor — yoshlarning muammolarini tinglash, ularning bandligini ta’minlash va kelajakdagi intilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratildi.