Yangiliklar

🧵 XOTIN-QIZLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda Kotibiyat mudiri Q.Bobojonov xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Mis Parvina TEK” tikuvchilik korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida korxona faoliyati, yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda mahalladagi xotin-qizlarni doimiy bandlik bilan ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Xotin-qizlar bandligini ta’minlash — oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

Slide 1 of 6