Yangiliklar

Deputatlik so‘rovi

Ana shunday murojaatlardan biri “Bog‘ishamol” mahallasi, Atirgul ko‘chasi, 9-uyda yashovchi fuqaro J. Yazovaga tegishli. Fuqaro o‘z xonadonini tabiiy gaz tarmog‘iga ulashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida fuqaro J. Yazova “Ayollar daftari” ro‘yxatida turishi hamda qaramog‘ida 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ma’lum bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minotining mavjud emasligi oilaning kundalik turmush sharoitiga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.
Mazkur masala yuzasidan 7-"Bog‘ishamol" saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova tomonidan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X. Berdimuratovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda xonadonning tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish imkoniyatlarini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish, oilaning ijtimoiy holatini inobatga olib, amaliy yordam ko‘rsatish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Maqsad — murojaatni shunchaki qayd etish emas, balki muammoning amaliy yechimiga erishish.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot va deputatlik nazorati orqali aholini qiynayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari davom ettiriladi.