Yangiliklar

🔰Ekspert guruhi faoliyati muhokama qilindi

🔰Ekspert guruhi faoliyati muhokama qilindi

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishda ekspert guruhi faoliyatining joriy holati, Kengash sessiyalariga kiritilayotgan masalalarni o‘rganish hamda ular yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash bilan bog‘liq vazifalar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish, muhokama etilayotgan masalalarning asoslanganligi va dolzarbligini ta’minlash, ekspert guruhi a’zolari faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ekspert guruhi faoliyatini izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3