Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 6-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Boymurod Abdimo‘minov tomonidan «Jiydali» mahallasida hududni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» tamoyili asosida obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasida mahalla nuroniylari bilan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, ko‘cha va xonadonlar atrofida tozalikni ta’minlash, yoshlarni ezgu tashabbuslarga keng jalb etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, nuroniylarning mahalla hayotidagi faol ishtirokini yanada oshirish, ularning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish hamda aholi o‘rtasida obodlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Muloqot yakunida mahallani yanada obod va ko‘rkam hududga aylantirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — avvalo, obod mahalla, farovon xonadon va aholi hamjihatligida namoyon bo‘ladi.