Yangiliklar

🏗 Ilonli mahallasida infratuzilma obyekti o‘rganildi.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi Kotibiyati mudiri B.Botirov hamda 13-Ilonli saylov okrugidan saylangan deputat S.Shakarov tomonidan Ilonli mahallasida savdo va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
📋 Qurilish pasportiga ko‘ra, mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlari 2026-yil 22-iyunda boshlangan bo‘lib, 9-oktabrda yakunlanishi rejalashtirilgan.
🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish ishlari, obyektning amaldagi holati hamda loyiha doirasidagi ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3