Yangiliklar

Deputatlar faoliyati tahlil qilindi va keyingi haftalik ish rejalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi A.Yuldashev raisligida, siyosiy partiya rahbarlari hamda ular bilan bir qatorda kotibiyat xodimlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud natijalar sarhisob qilindi. Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining haftalik ish rejalari belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmonida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish bo`yicha vazifalar belgilab olindi

Yig‘ilish davomida deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi muammolariga samarali yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3