Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati N.To'rayev hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxasssisi M.Choriyeva birgalikda Navro'z mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi:
🔹 barqaror ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalarini kengaytirish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 O‘rganish jarayonida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.