Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati R. Uzaqov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Abduhalilov tomonidan Xo‘jaqo‘rg‘on MFY hududidagi ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi. O‘rganish davomida Birlik hamda Zakovat ko‘chalarining 400 metr qismida yotqizilgan polietilen quvurlar eskirganligi aniqlandi. Mazkur holat ichimlik suvi tarmog‘ining barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aniqlangan muammoni bartaraf etish, eskirgan quvurlarni yangilash hamda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.