Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman yo'llardan foydalanish UKga Choshtepa va Yangiobod qishloqlarini kesib o‘tuvchi Al-Buxoriy shoh ko‘chasining 550 metr qismida joylashgan piyodalar yo‘lagiga svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Ma’lum qilinishicha, Choshtepa qishlog‘ida 183 ta xo‘jalik mavjud bo‘lib, 300 nafardan ortiq o‘quvchi mazkur piyodalar yo‘lagi orqali maktabga qatnaydi. Shuningdek, Yangiobod va O‘klan qishloqlari aholisi qishloq vrachlik punkti hamda stomatologiya xizmatlaridan foydalanishda ushbu yo‘lakdan muntazam foydalanadi.