Yangiliklar

SANCHIQUL MAHASALLASIDA ISHCHI GURUH FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

 SANCHIQUL MAHASALLASIDA ISHCHI GURUH FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Jabborova Dilnoz Usarovna Sanchiqul MFY raisi Parmonov Habib bilan uchrashib, mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida olib boriladigan ishchi guruh faoliyati yuzasidan kelishib oldi.
📋 Uchrashuv davomida:
🔹 mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish;
🔹 ishsiz va kam daromadli fuqarolar bilan manzilli ishlash;
🔹 aholi bandligini ta’minlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatini o‘rganish;
🔹 mavjud muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda bartaraf etish
bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
👥 Ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.