Yangiliklar

Qo‘shko‘pir tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun motivatsion trening o‘tkazildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa:

Qo‘shko‘pir tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun motivatsion trening o‘tkazildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning markazida har bir inson, xususan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ruhiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalari turibdi. Joylarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida izchil davom etmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G. Abdullayeva “O‘rta qishloq” mahallasida bo‘lib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi va ular uchun maxsus psixologik trening tashkil etdi.
Mazkur tadbirda deputatning shaxsan ishtirok etgani ehtiyojmand qatlam vakillarining dardu tashvishlarini yaqindan tinglash, ularning muammolariga ijtimoiy-siyosiy va amaliy yechim topish yo‘lidagi qat'iy sa'y-harakatlarning yana bir namunasidir. O‘tkazilgan trening ishtirokchi ayollarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda, hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishda kuchli motivatsiya bag‘ishladi.

Slide 1 of 1