Yangiliklar

Ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov Nurobod mahallasi hokim yordamchisi Dilshodbek Matkarimov, mahalla raisi Ravshanbek Rahimovich Safarov hamda xotin-qizlar faoli Dilfuza Iskandarova bilan hamkorlikda mahalladagi ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalar xonadonma-xonadon yurib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida oilalarga mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi.