Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmonov hamda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Ganjayevna Allaberganova tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish va munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.